Qidirish

Estofa bu - Sifat degani!

Bizning do’kon 20 yildan ortiq vaqt mobaynida o’z mijozlariga sifatli pardoz vositalarini tuhfa etib kelmoqda. Katalogimizdan mahalliy va jahon kosmetika ishlab chiqaruvchilarining eng yaxshi mahsulotlarini topishingiz mumkin. Biz faqatgina mijozlarimizning istaklari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan mahsulotlar katalogi bilan cheklanmaymiz, balki, butun jahon tajribasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tib, malakali mutaxasislar tavsiya qilayotgan yangi mahsulotlar targ’iboti bilan ham shug’ullanamiz hamda doimiy ravishda mahsulot turlarini kengaytirib boramiz.

Biz mahsulotlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor berib, yetkazib beruvchilar va mahsulotlarni sinchkovlik bilan tanlaymiz. Bizning maqsadimiz – mijozlarimizga bozorda mavjud bo’lgan eng yaxshi pardoz vositalarini taklif qilish.

“Estofa” do’konida siz Avstraliya, Germaniya, Dubay, Italiya, Rossiya, AQSh, Fransiya va boshqa mamlakatlarning eng taniqli brendlarining 20000 dan ortiq mahsulotlarini topasiz. Oliy sifatli mahsulotlarimiz talabchan, nozik didli mijozlarimizning ko’nglini topa olishiga hamda do’konimizdan qilgan xaridlaridan mamnun bo’lishlariga ishonamiz.

Mijozlarimizning kosmetika sotib olish borasidagi barcha talablariga javob berish maqsadida katalogimizni quyidagi mahsulotlar assortimenti bilan boyitganmiz.

– Soch parvarishi uchun vositalar;

– Yuz terisini parvarishlovchi vositalar;

– Manikyur va pedikyur uchun mo’ljallangan vositalar;

– Dush uchun gellar;

– Xushbo’y atirlar;

– Dezodarant va antiperspirantlar;

– Ko’z uchun tush, ten, qalam va podvodkalar;

– Qosh uchun qalamlar;

– Lab bo’yoqlari;

– Tonal kremlar;

– Upalar va rumyanalar;

Shu kabi pardoz uchun muhim bo’lgan ko’pgina mahsulotlar do’konimizda mavjud.

Saytda taqdim etilgan mahsulotlarning sifatiga to’la kafolat beramiz. Rastalarimizdan muddati o’tgan yoki qalbaki mahsulotlar topa olmaysiz. Barcha kosmetika vositalari kerakli sertifikatlarga ega.

Mahsulotlar Andijon shahri bo’ylab buyurtma bo’yicha mijozlarimizga istalgan vaqtda yetkazib beriladi.

OUR SERVICES

Back to Top
Mahsulot savatga qo'shildi