Qidirish

Yetkazib berish.

Andijon shahri boʼyicha:

Internet doʼkon ish kunlarida koʼrsatgan manzilingiz boʼyicha sizning mahsulotingizni buyurtma tasdiqlangandan so’ng 18 ish soati ichida yetkazib berishni oʼz zimmasiga oladi, dam olish kunlari yetkazib berish 36 soatgacha vaqt olishi mumkin. Standart yetkazib berish vazni 1 kg dan kichkina va 200 000 soʼmdan yuqori xaridlar uchun mutlaqo bepul! 200 000 soʼmdan kam boʼlgan xaridlar uchun yetkazib berish narxi 20 000 soʼmni tashkil etadi.

Hududlar boʼyicha:

Hududlar uchun faqatgina standart yetkazib berish xizmati mavjud. Undan tashqari siz, oʼzinizga yaqin joyda joylashgan pochta markazidan buyurtmangizni olib ketishingiz mumkin.

Pochta xizmati Sizning buyurtmangizni 7 ish kuni ichida yetkazib beradi.

Аgar Sizning buyurtmangiz ogʼirligi 1 kgdan kam bo’lsa va xaridingiz 200 000 sumdan yuqori bo’lsa, u holda yetkazib berish bepul.

1 kg dan ortiq boʼlgan xarid uchun yetkazib berish – 25 000 soʼm, va xar 3 kg uchun 5 000 soʼmdan qoʼshib boriladi.

Mahsulotlar butun O’zbekiston bo’ylab pochta xizmati orqali yetkazib beriladi. To’lovlar 100 % oldindan Payme yoki Click to’lov usullari orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari yoʼlda mashina buzilib qolishi va shu kabi turli xil kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatda bizning kuryer birinchi navbatda bu haqida sizga maʼlum qilib, sizning buyurtmangizni eng qisqa muddatlarda yetkazib beradi.

Back to Top
Mahsulot savatga qo'shildi